Qurilish materiallari bozorida yangi tizim yaratiladi

1 daqiqa o'qish72
Qurilish materiallari bozorida yangi tizim yaratiladi

Yil boshida aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha yirik dastur qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2040 yilga qadar har yili quriladigan uy-joylar sonini ikki barobar oshirib, 280 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan, deb xabar berdi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 61 tadan 120 taga ko‘paytirish belgilangan. Ayni paytda mamlakatda yiliga 20–25 million kvadrat metr tijorat binolari foydalanishga topshirilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, uy-joy va tijorat binolarining o‘zi har yili kamida 10 milliard dollarlik qurilish materiallariga talab yaratadi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumida hamkorlarga umumiy qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan infratuzilma loyihalari taklif qilindi.

Ular orasida Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi, Toshkent viloyatida to‘rtinchi misni boyitish fabrikasi hamda O‘rta Chirchiqda yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega Yangi Toshkent aeroportini qurish rejalari bor.

Bundan tashqari, Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli futbol stadioni va 282 kilometrlik Toshkent–Samarqand avtomobil yo‘lini barpo etish ko‘zda tutilgan. Bu loyihalarni amalga oshirishda katta hajmda qurilish materiallari talab etiladi.

Yirik obyektlarda ishlatiladigan mahsulotlarga standart, sifat va sertifikatlash bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Shu sababli bunday loyihalarni mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari bilan bog‘laydigan yangi tizim yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?