15:52 / 18.11.2019
3 100

Oʻzbekistonlik jangchi faqat nokaut bilan yutish mumkin boʻlgan gʻayritabiiy turnirda debyut qildi

Oʻzbekistonlik jangchi faqat nokaut bilan yutish mumkin boʻlgan gʻayritabiiy turnirda debyut qildi
Hamyurtimiz Mansurbek Tolipov muaytayning professional yoʻnalishi boʻyicha “MAS Fight” turnirida navbatdagi jangini oʻtkazishi borasida xabar bergan edik. Bugun, Kambodja mamlakatida tashkil etilgan, ushbu ajobtovur turnirda yurtdoshimiz mezbon Sinjaga qarshi ringga koʻtarildi va durang natijaga erishdi.

MAS Fight” ning ushbu turniri yangi tashkil etilgan boʻlib, gʻayritabiiy tarzda oʻtkaziladi. Yaʼni bir raund boʻladi xolos. Ushbu yagona raund 9 daqiqa davom etadi. Eng qizigʻi esa, 9 daqiqa mobaynida nokautga uchratgan taqdirdagina gʻalaba qozonish mumkin. Qolgan har qanday holatda ham durang qayd etiladi.

Maʼlumot uchun, Mansurbek muaytayning professional yoʻnalishida 60 ta jang oʻtkazgan, ularning 50 tasida gʻalaba qozongan boʻlsa, 10 bora magʻlubiyatga uchragan. Faoliyati mobaynida profi yoʻnalishda jahon va Osiyo chempionligini qoʻlga kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekistonlik jangchi faqat nokaut bilan yutish mumkin boʻlgan gʻayritabiiy turnirda debyut qildi