Las-Vegasda amerikalik Deontey Uaylder (43-1-1, 41 KO) va britaniyalik Tayson Fyuri (30-0-1, 20 KO) o‘rtasida revansh jang bo‘lib o‘tdi.
O‘rtaga WBC kamari tikilgan jangda Tayson Fyuri muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qayd etish kerakki, jangdan avval Fyurining vazni Uayldernikidan 19,4 kg og‘irroq chiqqandi.
Jang to‘liq Fyuri ustunligida kechdi.
Foto: Bleacher Report
Uaylder uchinchi va beshinchi raundlarda nokdaun holatiga tushib qoldi.
Foto: Bleacher Report
Yettinchi raundga kelib Fyurining ketma-ket zarbalaridan keyin amerikalik bokschining sekundantlari ringga oq sochiq tashlashgach, referi jangni to‘xtatdi.
Tyson Fury you absolute #LEGEND.pic.twitter.com/wpGrMLKREQ
— Darren of Plymouth ???????? (@DarrenPlymouth) February 23, 2020
Shu tariqa Tayson Fyuri WBC kamari uchun jangda g‘olib bo‘ldi va The Ring jurnali talqini bo‘yicha bo‘sh turgan chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Bu ushbu sportchilarning ikkinchi o‘zaro jangi edi. Ular birinchi marta 2018 yil 1 dekabrida mushtlashishgan, 12-raundlik jang davomida Fyuri ustunlik qilgan, ammo so‘nggi raundda Uaylder raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirib, durang natijaga erishgan hamda jahon chempionligi kamarini himoya qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi