Kecha "Tezkor studiya"da "Paxtakor" klubi vakillari mehmon bo‘lishdi.
Klub sport direktori Ja’far Irismetov yangi stadion haqida berilgan savolga javob qaytardi.
"Rejamizda shu 2020 yilning ikkinchi yarmida yangi stadion qurish ishlari boshlanishi kerak edi. Biroq pandemiya tufayli hozir aniq muddati noma’lum bo‘lib turibdi. Ayni paytda ikkita variant ko‘rib chiqilmoqda va rahbariyat ulardan birini tanlaydi.
Yangi stadion sig‘imi kamayish ehtimoli katta. Sababi Toshkentda muxlislar tashrifi nistaban kamroq. Shuni hisobga olib ixchamroq stadion qurish rejalashtirilmoqda. Masalan, 20 mingli stadion qurilsa va 10 ming tomoshabin kelsa futbol muhiti yuzaga keladi. Hozir "Paxtakor" stadioniga 10-12 ming muxlis kelsa tashqaridan stadion bo‘shdek tuyuladi.
Menimcha, yangi stadion sig‘imi 20 va 30 ming orasida bo‘ladi", - deydi "Paxtakor" klubi sport direktori Ja’far Irismetov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...