15:13 / 04.09.2020
2 341

Manba: Lionel Messi fikridan qaytdi va yana bir mavsum «Barselona»da qolmoqchi

Manba: Lionel Messi fikridan qaytdi va yana bir mavsum «Barselona»da qolmoqchi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klubda qolishi mumkin, deya xabar bermoqda Marca.

Manbaning xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchining ketishi bilan bog‘liq vaziyat yaqin orada o‘zgarishi mumkin.

Qayd etilishicha, hujumchi o‘z fikrini o‘zgartirishni va yana bir mavsum Kataloniyada qolishni rejalashtirmoqda.

Bunga asosiy sabab qilib «Barselona»ning futbolchini sotish borasidagi qat’iy pozitsiyasi ko‘rsatilmoqda. Klub prezidenti Xosep Bartomeu Messini qo‘yib yubormoqchi emas, u buni futbolchining otasi bilan uchrashuvda ham aniq aytgan. Shu bois Messi shartnomani bekor qilish uchun faqatgina sudga murojaat qilishi mumkin, ammo Leo bu variantni o‘zi uchun ma’qul ko‘rmayapti.

Xabarda aytilishicha, 33 yoshli argentinalik futbolchi «Barselona» bilan sobiq jamoadoshi Neymar kabi mojaroli xayrlashmoqchi emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manba: Lionel Messi fikridan qaytdi va yana bir mavsum «Barselona»da qolmoqchi