Bekobodda qotillik jinoyati uchun 15,5 yil qamoq jazosi tayinlandi

Bekobodda qotillik jinoyati uchun 15,5 yil qamoq jazosi tayinlandi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida og‘ir jinoyat qayd etildi. 27 yoshli erkak ayolni o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadini o‘z uyining hovlisiga ko‘mib qo‘ygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak jinoyat izlarini yo‘q qilish uchun marhumaning kiyimlarini ham yoqib yuborgan, shuningdek, unga tegishli SIM-kartalarni yo‘q qilgan.

Hodisa 2025 yil 3 dekabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Erkak va marhuma ijtimoiy tarmoq, xususan Instagram orqali tanishgan bo‘lib, keyinchalik ayol voyaga yetmagan farzandi bilan uning uyiga ko‘chib o‘tgan.

Qotillik taxminan bir oy davomida yashirin qolgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tezkor harakatlari natijasida jasad topilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud jarayonida erkak qotillik va jinoyat izlarini yashirish bilan bog‘liq harakatlarda aybdor deb topilib, unga 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar