Jahongir Otajonov Portugaliyaga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi (video)

Xonanda Jahongir Otajonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi. San’atkor o‘yinga ishonch bildirib, yosh futbolchilarimiz Ronaldo va boshqa yoshi katta futbolchilarning harakatlarini o‘rganib bo‘lganini hamda bugun Portugaliya yutqazishini ta’kidladi.
Xonanda Jahongir Otajonov o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi bo‘ladigan bugungi o‘yini haqida fikr bildirdi.
San’atkor muxlislardan kelgan savollarga javob berar ekan, o‘yinga ishonch bilan qarayotganini ta’kidladi:
“Bugun futbolni ko‘ramizmi deb yozishibdi, o‘rtoqlar, ukalar. Nimasini ko‘raman, bilaman futbolni nima bilan tugashini. Bugun Portugaliya yutqazadi. Chunki yoshi katta Ronaldo va shunga o‘xshash futbolchilarning harakatlarini bizning yosh futbolchilarimiz allaqachon yaxshi o‘rganib bo‘lishgan,” — dedi u.
Videoning davomida Otajonov futbol maydonidagi harakatlarni jonli tarzda tasvirlab, oyoq texnikasi orqali qanday qilib gol urish mumkinligini ham ko‘rsatib o‘tdi.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, ko‘plab ijobiy izohlar qoldirildi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar bugungi o‘yinda terma jamoamizga omad tilashmoqda.






























Izohlar 0
…