Mahallalar budjetiga qo‘shimcha 300 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Mahallalar budjetiga qo‘shimcha 300 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda mahallalar uchun qo‘shimcha daromad manbalari yaratilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, yer va mol-mulk solig‘idan mahalliy budjetlarga yo‘naltiriladigan ulush 10 foizdan 15 foizga oshiriladi.

Shuningdek, mahalla hududida sanitariya qoidalarini buzish va noqonuniy qurilish uchun undirilgan ayrim jarimalarning bir qismi ham mahalla budjetiga o‘tkaziladi.

Bo‘sh turgan maydonlarni ijaraga berish va ayrim binolarni sotishdan tushgan daromadlar ham qo‘shimcha moliya manbai bo‘ladi. Ushbu choralar hisobiga mahallalar budjetlari jami 300 mlrd so‘mga to‘ldirilishi kutilmoqda.

Yig‘ilgan mablag‘lar ichki yo‘llarni ta’mirlash, bolalar va sport maydonchalarini qurish, sayilgohlar barpo etish hamda ehtiyojmand oilalar bandligini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar