17:42 / 20.12.2020
2 192

Shota Arveladze: Biz kecha OCHL finalida o‘ynagan jamoalardan kuchliroq edik

Shota Arveladze: Biz kecha OCHL finalida o‘ynagan jamoalardan kuchliroq edik
O‘zbekiston Kubogida "Paxtakor" bilan g‘alabaga erishgan Shota Arveladze finaldagi g‘alabadan so‘ng, o‘z mulohazalari bilan bo‘lishdi:
"O‘ylaymanki, yaxshi o‘ynadik. Birinchi 15 daqiqada biroz hayajonlandik. Final hissiyotlari - buni tushunish mumkin.Keyin esa barchasini o‘z qo‘limizga oldik. Raqibda kam imkoniyatlar bo‘ldi. Biz yetarlicha kuchli o‘yin namoyish etdik.

Kecha yigitlar bilan birgalikda OCHL finalini tomosha qildik. Bu juda og‘ir vaziyat edi: ulardan kuchliroq edik. Men ushbu futbolni sevuvchi mamlakatga katta futbolni olib kelmoqchi edim. Ammo biroz omad yetishmadi. Men o‘zbek futboli muxlislariga mustahkam sog‘liq va omad tilayman.

Barchaga rahmat aytmoqchiman. "Paxtakor"dagi har bir inson bu natijalarda katta o‘rin tutadi. Klub rahbariyatiga, shifokorlarga, barcha-barchaga chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Menimcha, hisob bizning qanday o‘ynaganimizni ko‘rsatib turibdi. AGMK dastlabki daqiqalarda bosim uyushtirgani rost. Ammo ularda vaziyatlar bo‘lmadi. Tabiiyki, Superligada uzoq vaqt yetakchilik qilgan, kubok finaliga yetib kelgan jamoadan boshqacha o‘yin kutib bo‘lmasdi
", - dedi "sherlar" bosh murabbiyi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: Biz kecha OCHL finalida o‘ynagan jamoalardan kuchliroq edik