23:53 / 11.03.2021
2 387

Yaypanga kelgan polshalik murabbiy: "O‘zbekiston klublarini Polshaga taklif qilmoqchimiz"

Yaypanga kelgan polshalik murabbiy: "O‘zbekiston klublarini Polshaga taklif qilmoqchimiz"
Coca Cola Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi davomida stadionda xorijlik murabbiy, Polsha futbol assotsiatsiyasi vakili Boguslav Baniakka ko‘zimiz tushdi. Vaziyatdan foydalangan xolda u bilan qisqacha intervyu tashkilladik.

- O‘zbekistondagi taasurotlar qanday?
- Man O‘zbekistonga kelganimga 3 kun bo‘ldi. Bizning birinchi manzilimiz Superliga debyutanti "Turon" klubi bo‘ldi. Bu jamoa menda juda yaxshi taasurot qoldirmoqda. Biz o‘zbek futbolida bu qadar o‘sish bo‘lganini bilmas edik. "Turon" klubi rahbariyati juda ham tirishqoqlik bilan ishlayotganliklari ko‘rinib turibdi.

O‘yinga stadionlarning tayyorgarligi xuddi Yevropa klublariga o‘xshaydi, o‘sha darajada. Klub oldida yuksak maqsadlar bor ekan, bu juda ham yaxshi. Kecha men jamoa bosh murabbiyi bilan suhbatlashdim. "Turon"ning jismoniy tayyorgarligi ham yomon emas. Ayni damda bu jamoada hamma narsa yangi, jamoa yangi, klubga ushbu chempionat, ya’ni Superliga ham yangi. Jamoa uchun bugun tarixiy o‘yin. Birinchi turda "derbi". Bu ham o‘ziga xos yana bir tarix.

- Qaysi o‘zbek futbolchilari haqida eshitgansiz?
- Yaxshiboyev va Bozorov.

- Eldor Shomurodovchi?
- Yo‘q, hozir yosh futbolchilar ichida bizda katta taasurot qoldirganlar Oybek Bozorov, Jasur Yaxshiboyev, Xusniddin Aliqulov va Doniyor Abdumannopovlar. Yana bular orasiga IbrohimHalil Yo‘ldoshevni ham qo‘shsak bo‘ladi.

- Navbatdagi rejalar qanday?
- "Oldindagi rejamizga asosan biz "Turon"dan keyin "Andijon" va "Nasaf" klublari ishtirokidagi o‘yinlarga bormoqchimiz. O‘zbekistonga Polsha futbol assotsiatsiyasi rahbari topshirig‘iga asosan keldik. Mazkur tashrifimiz davomida o‘zbek futbolidagi yosh iqtidorlarni aniqlash hamda O‘zbekiston klublarini Polshaga taklif etish niyatimiz bor" - deydi polshalik murabbiy.

Ma’lumot uchun, Boguslav Boniak Burkina Faso terma jamoasida ham katta murabbiy lavozimida ishlagan.

Bekzod Tolibov yozib oldi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaypanga kelgan polshalik murabbiy: "O‘zbekiston klublarini Polshaga taklif qilmoqchimiz"