08:00 / 08.05.2021
1 943

"Shabab Al-Ahli" derbida g‘alaba qozondi. Masharipovdan chiroyli assist! (video)


BAA chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" va "Al-Vasl" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Mazkur bahsda maydon egalari yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.

"Shabab Al-Ahli" safida harakat qilayotgan legionerlarimiz Jaloliddin Masharipov va Odiljon Hamrobekov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Jamoaning 3-goliga Jaloliddin assistentlik qildi. Ikki hamyurtimiz ham bahsni to‘liq o‘tkazdi.

Shu tariqa, mazkur g‘alabadan so‘ng Mahdi Ali shogirdlari ochkolar sonini 47taga yetkazgan holda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Shabab Al-Ahli" chempionatning so‘nggi turida "Al-Nasr" bilan bahs olib boradi. Uchrashuv 11 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shabab Al-Ahli" derbida g‘alaba qozondi. Masharipovdan chiroyli assist! (video)