18:16 / 18.05.2021
2 773

Rasman! Bobir Abduxoliqov "Rux"ni tark etdi!


"Nasaf" klubi tarbiyalanuvchisi Bobir Abduxoliqov mavsum avvalidan beri faoliyatini "Rux" klubida davom ettirayotganligidan xabaringiz bor.

Lvovliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa legionerimiz bilan shartnomani bekor qilgan. Klub rasmiy sayti Ragnar Sigurdsson va Bobir Abduxoliqov bilan xayrlashdi.

"Ikkala futbolchi ham "Rux" tarkibiga qishda qo‘shilishdi, ammo ikkalasi ham asosiy tarkibda o‘z o‘rnini egallay olmadi. Ragnar Sigurdsson "sariq-qora"lar safida "Desna"ga qarshi bitta o‘yinda qatnashgan, ammo Bobir Abdixoliqov asosiy tarkibda debyut qilmagan. Buning o‘rniga 24 yoshli hujumchi "sariq-qora"larning yoshlar jamoasida oltita o‘yin o‘tkazdi va ikkita gol urdi.

Klub Ragnar bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qildi. Bobirga kelsak, "Rux" hujumchi bilan uchrashishga bordi va uning talabiga binoan shartnomani bekor qildi. Ragnar va Bobirga keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz",-deyiladi matbuot xizmati xabarida.

24 yoshli hujumchimizning keyingi manzili hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Bobir Abduxoliqov "Rux"ni tark etdi!