17:30 / 21.09.2021
2 774

Mourino mag‘lubiyatdan so‘ng “Manchester Yunayted”dan futbolchi olishga qaror qildi

Mourino mag‘lubiyatdan so‘ng “Manchester Yunayted”dan futbolchi olishga qaror qildi
A Seriyaning navbatdagi turida “Verona”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv “Roma”ning ayrim kamchiliklarini ko‘rsatib berdi. Ketma-ket oltita g‘alabadan so‘ng mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan Mourino himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaror qildi.

Portugaliyalik murabbiy himoyaga o‘zi yoqtirgan hamyurti Diogu Dalotni olib kelmoqchi. “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher bu futbolchiga asosiy tarkibdan joy topib berolmayapti.

O‘yin amaliyotisiz qolayotgani bois terma jamoadan chaqiruv olmasligi va 2022 yilgi jahon chempionatidan chetda qolishdan xavotirga tushgan Dalotning o‘zi ham Manchesterni tark etishga qarshi emas. Bu futbolchi o‘tgan yili ijara asosida “Milan”da to‘p surdi va A Seriya bilan juda yaxshi tanish.

Rimliklar Dalotni keyinchalik sotib olish huquqi bilan yanvarda ijaraga olmoqchi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino mag‘lubiyatdan so‘ng “Manchester Yunayted”dan futbolchi olishga qaror qildi