Kelajak kosmodromi: SpaceX kompaniyasining Starbase majmuasi yangi suratlarda

Kelajak kosmodromi: SpaceX kompaniyasining Starbase majmuasi yangi suratlarda
Audio versiyasi

RGV Aerial Photography kanali fotografi SpaceX kompaniyasiga tegishli Starbase start maydonchasining yuqori aniqlikdagi aerofotosuratini eʻlon qildi. Yer sathidan taxminan 1844 metr balandlikdan olingan ushbu surat kosmodromning hayratlanarli miqyosini toʻliq namoyon etadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tasvirda ikkita orbital start minorasi (Orbital Launch Mounts), keng koʻlamli infratuzilma obʻektlari, yoʻllar, omborxonalar, transport vositalari va qoʻltiq boʻyidagi qirgʻoq zonasi aniq koʻrinadi. SpaceX hozirda Starship kemasining parvozlar surʻatini oshirish uchun maydonchani faol tayyorlamoqda, bu esa kelajakda Oy va Marsga missiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Nashrga YouTube platformasidagi uch soatlik "Starbase Xpanded Episode 23" videosi ham ilova qilingan. Unda RGV Aerial Photography mutaxassislari yangi suratlar, obʻektdagi oʻzgarishlar va raketaсозлик olamidagi soʻnggi yangiliklarni batafsil muhokama qilishgan.

Ilon Mask tomonidan 2002-yilda asos solingan SpaceX (Space Exploration Technologies Corporation) xususiy aerokosmik kompaniyasi tijoriy kosmonavtika kashshofi hisoblanadi. Kompaniya dunyoda birinchi boʻlib koʻp marta ishlatiladigan bosqichli Falcon 9 orbital raketa tashuvchilarini ishlab chiqqan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq SpaceX oʻz aksiyalarini birlamchi joylashtirish (IPO) parametrlarini rasman eʻlon qilgan edi. Ushbu jarayon jahon tarixidagi eng yirik IPO boʻlishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar