O‘zini o‘lganga soladigan qo‘zichoq internetni portlatdi (video)

O‘zini o‘lganga soladigan qo‘zichoq internetni portlatdi (video)
Qisqacha

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida noodatiy qo‘zichoq haqidagi video katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Fermer bozorga olib chiqqan to‘rt qo‘zichoqdan uchtasi sotilib ketdi, ammo to‘rtinchisi xaridorlar yaqinlashganda g‘alati harakatlar qila boshladi. U yerga yiqilib, jonsizdek yotdi, xaridorlar esa uni kasal deb o‘ylab, sotib olishdan bosh tortishdi. Odamlar uzoqlashgach, qo‘zichoq darhol o‘rnidan turib, o‘ynay boshladi. Video millionlab ko‘rishlar to‘plab, fermer oxir-oqibat qo‘zichoqni sotish fikridan qaytgani aytilmoqda.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida noodatiy qo‘zichoq haqidagi video katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, xitoylik fermerlardan biri bozorga sotish uchun 4 ta qo‘zichoq olib chiqqan. Ulardan uchtasi qisqa fursatda sotilib ketgan. Biroq to‘rtinchi qo‘zichoq xaridorlar yaqinlashishi bilan g‘alati harakatlar qila boshlagan.

U birdan yerga yiqilib, xuddi jonsizdek yotib olgan. Bu holatni ko‘rgan xaridorlar jonivorni kasal deb o‘ylab, uni sotib olishdan bosh tortishgan. Eng qiziq tomoni esa — odamlar uzoqlashishi bilan qo‘zichoq darhol o‘rnidan turib, hech narsa bo‘lmagandek sakrab o‘ynay boshlagan.

Fermer bu antiqa holatni videoga olib, internetga joylagan. Video qisqa vaqt ichida millionlab ko‘rishlar to‘plab, foydalanuvchilarni hayratga soldi.

Voqea shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, yakunda egasi qo‘zichoqni sotish fikridan qaytgani aytilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar