Koinotda dubl: SpaceX bir kunda ikkita Falcon 9 raketasini uchiradi

Bugun, 2026-yil 3-iyun kuni SpaceX kompaniyasi Starlink sunʼiy yoʻldoshlari bilan jihozlangan ikkita Falcon 9 raketasini bir vaqtning oʻzida uchirishni rejalashtirmoqda. Birinchi start Toshkent vaqti bilan soat 13:02 da Florida shtatidagi Kanaveral burnidan (SLC-40) amalga oshiriladi. Ushbu raketa past yer orbitasiga 29 ta sunʼiy yoʻldoshni olib chiqadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ikkinchi parvoz esa Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan (SLC-4E) boshlanadi. Bu gal orbitaga yana 24 ta apparat yuboriladi. Shunday qilib, bir kunning oʻzida Starlink tarmogʻiga jami 53 ta yangi sunʼiy yoʻldosh qoʻshiladi. Bu shimoliy yarim shar va dengiz yoʻnalishlaridagi chekka hududlarda yuqori tezlikdagi internet qamrovini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi.
Missiya yakunida Falcon 9 raketalarining ikkala birinchi pogʻonasi ham okeandagi uchuvchisiz kemalarga qoʻndirilishi kutilmoqda. SpaceX kompaniyasining ushbu koʻp marta ishlatiladigan texnologiyasi parvozlar tannarxini pasaytirish va ularni deyarli har kuni amalga oshirish imkonini beradi.
2026-yilda SpaceX allaqachon oʻnlab Starlink missiyalarini muvaffaqiyatli yakunladi va orbitadagi faol sunʼiy yoʻldoshlar soni oʻn mingdan oshib ketdi. Bunday "qoʻshaloq startlar" hozircha kam uchraydigan hodisa hisoblanadi, chunki kompaniya odatda har uch kunda bir marta parvozlarni amalga oshirib kelayotgan edi.





























Izohlar 0
…