Elon Musk’ning Grok Build vositasi bitta soʻrov bilan poyga oʻyinini yaratdi

Elon Musk’ning Grok Build vositasi bitta soʻrov bilan poyga oʻyinini yaratdi
Audio versiyasi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi @testerlabor Grok Build platformasidan kiberpank uslubidagi brauzer poyga oʻyinini yaratishni soʻradi. Sunʼiy intellekt mustaqil ravishda kod yozdi va Grok Imagine yordamida avtomobillar, trassalar, menyu va boshqa vizual elementlarni generatsiya qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tayyor prototip qoʻshimcha tahrirlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri brauzerda ishga tushdi. Oʻyinda Neon Circuit va Midnight Canyon kabi bir nechta trassalar, avtomobillar tanlovi, tezlashtirgichlar va arkada fizikasi mavjud. Namoyish etilgan videoda bosh menyudan tortib, toʻqnashuvlar bilan kechadigan poyga jarayonigacha boʻlgan toʻliq sikl koʻrsatilgan.

Ushbu loyiha Grok kod yozish va tasvirlarni yaratishni yagona jarayonga qanday birlashtirayotganiga misol boʻldi. Mazkur xabarni Elon Musk’ning oʻzi ham ulashdi. Milliardning taʼkidlashicha, Grok Build har kuni takomillashib bormoqda va jamoa haftasiga 7 kun ishlamoqda.

Elon Musk avvalroq Grok 2026-yilga borib toʻliq metrajli videooʻyinlar yaratish imkoniyatiga ega boʻlishini vaʼda qilgan edi. Shuningdek, u Grok 5 modeli uchun SpaceX kompaniyasining C tilida yozilgan xususiy platformasidan foydalanilishini tasdiqladi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda SpaceX AI kompaniyasi Grok Build — buyruqlar satriga ega innovatsion agentlik vositasining beta-versiyasini ishga tushirganini eʼlon qilgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar