Microsoft Edge brauzeri tezlashtirilgan yangilanish tizimiga oʻtadi

2026-yil 27-avgustdan boshlab, 152-versiyadan eʻtiboran Microsoft Edge brauzeri yangilanishlarning yangi va tezkor jadvaliga oʻtadi. Kompaniya barcha asosiy platformalar, jumladan Windows, macOS, Linux va mobil qurilmalar uchun patchlarni chiqarishning ikki haftalik siklini eʻlon qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu oʻzgarish Microsoft kompaniyasiga xavfsizlik yangilanishlari va platforma takomillashuvlarini foydalanuvchilarga tezroq yetkazib berish imkonini beradi. Shu bilan birga, har bir alohida yangilanishning hajmi va murakkabligi sezilarli darajada kamayadi.
Sekinroq va barqaror surʻatni afzal koʻradigan korporativ mijozlar uchun Extended Stable kanali saqlab qolinadi. Uning yangilanishlari avvalgi jadval boʻyicha — har sakkiz haftada, yaʻni har toʻrtinchi barqaror relizda (masalan, 152, 156, 160-versiyalar) chiqishda davom etadi.
Ekspertlarning taʻkidlashicha, bunday tezlashuv brauzerga sunʻiy intellekt texnologiyalarining faol joriy etilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Tez-tez chiqariladigan relizlar Microsoftʻga Edge brauzeriga yangi AI imkoniyatlarini tezkor integratsiya qilishga yordam beradi.
Shuningdek, yangi tizim xavfsizlik tahdidlariga, ayniqsa AI tizimlari yordamida amalga oshirilayotgan hujumlar soni ortib borayotgan sharoitda, tezkor munosabat bildirish imkonini beradi.






























Izohlar 0
…