O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar tushirildi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2015-yil 3-avgustdan boshlab, O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga (tashqi kanalda) tariflar 1 Mbit/s. uchun $202, 9 gacha tushirilishini ma’lum qiladi.
Bu yil tariflar bir necha marta tushirildi. 1-yanvardan $259, 29, 7-yanvardan $257, 42, 8-yanvardan $253, 74, 22-yanvardan $251, 94, 27-fevraldan $240, 2, 17-martdan $233, 27, 2-iyundan $219, 01, 11-iyundan $206, 97 gacha tushirildi.
1-iyuldan 1 Mbit/s. uchun narxlar $205, 12dan, 22-iyuldan $ 204, 01gacha va 3-avgustdan $202, 9gacha tushirildi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda narxlar olti marta tushirildi. 2014-yil 1 Mbit/s. uchun yanvar oyida $306dan, dekabre $265gacha tushirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing