O‘zbekistonda isitish va issiq suv tariflari 30 foizga oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda isitish va issiq suv tariflari 30 foizga oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda 2026 yil 1 noyabrdan isitish va issiq suv tariflarini o‘rtacha 30 foizga oshirish taklif etilmoqda. Hukumat qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilingan, shu sababli hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Toshkentda isitish tarifi 1 kvadrat metr uchun sutkasiga 241,44 so‘mdan 314 so‘mga oshirilishi taklif qilingan.

Hisoblagich mavjud bo‘lgan xonadonlarda issiq suvning 1 kub metri uchun tarif 8928,67 so‘mdan 11 607 so‘mga ko‘tarilishi mumkin.

Hisoblagich bo‘lmagan xonadonlarda esa bir kishi uchun oylik tarif, aksincha, 52 303,39 so‘mdan 45 330 so‘mga tushirilishi rejalashtirilgan. Bunga 1,5 baravar oshiruvchi koeffitsiyentni bekor qilish sabab bo‘ladi.

Shuningdek, respublika bo‘yicha issiq suv tariflarini birinchi marta hukumat qarori bilan tasdiqlash taklif qilinmoqda.

Loyihaga ko‘ra, 2028 yil 1 yanvardan aholi uchun markazlashtirilgan isitish tariflarini har yili 1 maydan indeksatsiya qilish rejalashtirilgan. Bunda inflyatsiya hisobga olinadi, biroq bir martagi indeksatsiya miqdori 10 foizdan oshmasligi kerak.

Tegishli vazirliklarga issiqlik energiyasi tannarxini 15 foizgacha kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqish vazifasi yuklanishi taklif etilgan.

Loyihada tariflar oshishiga mutanosib ravishda budjet subsidiyalarini qisqartirish nazarda tutilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar