AWS va Superblocks kompaniyalari yirik hamkorlikni boshladi

Superblocks Amazon Web Services (AWS) bilan ko'p yillik qo'shma marketing shartnomasini imzoladi. Kelishuv vositani AWS mijozlarining shaxsiy bulutli tizimlariga integratsiya qilish, ilovalar va ma'lumotlarni esa Amazon Aurora bazalarida saqlash imkonini beradi.
Sunʼiy intellekt va dasturlash sohasidagi yangi yoʻnalish — "vibe-coding" texnologiyasiga ixtisoslashgan Superblocks sturtapi Amazon Web Services (AWS) bilan koʻp yillik qoʻshma marketing shartnomasini imzoladi. Ixbt.com maʼlumotiga koʻra, ushbu kelishuv tufayli mazkur vosita AWS mijozlarining shaxsiy bulutli tizimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilinadi va korxonalarga xavfsiz tarzda tatbiq etiladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Yangi hamkorlikning asosiy afzalligi shundaki, AWS xizmatlaridan foydalanuvchi va Superoblocks'ga obuna boʻlgan har qanday yirik korxona oʻz xodimlariga dasturlash koʻnikmalarisiz ilovalar yaratish imkonini beradi. Bunda yaratilgan ilovalar va maʼlumotlar uchinchi tomon model provayderlari yoki tashqi maʼlumotlar bazalariga yuborilmaydi, balki toʻgʻridan-toʻgʻri kompaniyaning shaxsiy bulutidagi Amazon Aurora bazalarida ishga tushiriladi.
Xavfsizlik va maxfiylik ustuvorligi
Shuningdek, mazkur ilovalar Amazon Bedrock platformasi bilan bevosita bogʻlanadi. Natijada yaratilayotgan dasturlar nazoratsiz yoki tartibsiz ilovalar sirasiga kirmasdan, toʻliq korporativ IT xavfsizligi va audit nazorati ostida ishlaydi. Superblocks bosh direktori va asoschilaridan biri Bred Menezesning taʼkidlashicha, asosiy maqsad texnologiyani mijozning shaxsiy bulutidagi maʼlumotlariga yaqinlashtirish boʻlib, bunda axborot hech qachon tashqariga chiqmaydi.AWS ushbu sturtapni oʻzining Marketplace hamkorlari qatorida faol ravishda ilgari surishga koʻmaklashadi. Amazon vakillarining soʻzlariga koʻra, kompaniya mijozlar talabidan kelib chiqqan holda oʻzaro manfaatli hamkorliklarni qoʻllab-quvvatlaydi. Garchi AWSʼning oʻzida biznes foydalanuvchilarga moʻljallangan "vibe-coding" agenti hali mavjud boʻlmasa-da, bu qadam yirik bulut giganti uchun muhim strategik qadam hisoblanadi.
Bozordagi kengroq oʻzgarishlar va bulut provayderlari strategiyasi
Mazkur kelishuv 50 nafar xodimga ega va 2025-yil may oyida eʼlon qilingan A seriyali investitsiya raundida jami 60 million dollar mablagʻ jalb qilgan yosh Superblocks sturtapi uchun katta yutuqdir. Moliyalashtirish jarayonida Spark Capital, Kleiner Perkins, Meritech Capital va Greenoaks kabi taniqli fondlar ishtirok etgan.Biroq mutaxassislarning fikricha, bu shunchaki bitta sturtapni qoʻllab-quvvatlash emas, balki bulutli provayderlar bozoridagi global tendensiyani aks ettiradi. Yirik bulut infratuzilma kompaniyalari oʻz korporativ mijozlarini sunʼiy intellekt modellarini ularni boshqarish uchun zarur boʻlgan boshqa vositalardan ajratishga va buni faqat oʻzlarining bulutli muhitida amalga oshirishga undamoqda.
Avvalroq Microsoft rahbari Satya Nadella ham korxonalarga xarajatlarni kamaytirish hamda qaramlikni oldini olish uchun turli modellardan foydalanishni targʻib qilgan edi. Uning taʼkidlashicha, sunʼiy intellekt laboratoriyalari ilova darajasidagi boshqaruv uchun yetarlicha xavfsiz emas, chunki ular maʼlumotlardan foydalangan holda keyinchalik biznes bilan raqobatga kirishishi mumkin. Bozordagi bunday yondashuvlar esa korxonalarga oʻz strategiyalarini qayta koʻrib chiqish va xavfsiz yechimlarni tanlash imkonini bermoqda.






























Izohlar 0
…