San-Fransisko universiteti olimlari borgan sari keng tarqalayotgan hodisa - elektron qurilmalarga bog‘liqlik odamlarni baxtsiz qilishini aniqlashdi. Ilmiy ish Sciencedaily nashrida chop etilgan.
Olimlar smartfonlarga bog‘lanib qolgan odamlar miyasida o‘rganib qolishga olib keluvchi nevrologik aloqalar vujudga kelishini aniqlashdi. Misol uchun, bunday holat haddan ko‘p og‘riqsizlantiruvchi dorilar qabul qilganlarda yuz beradi.
Olimlar gadjetlarga bog‘liqlik jamiyat aloqalariga salbiy ta’sir qilishini aniqlashdi. 135 talaba so‘roq qilingandan keyin smartfonlardan ko‘proq foydalanuvchilar boshqalarga nisbatan ko‘proq yolg‘izlikni sezishlari aniqlangan. Olimlarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda aksariyat ko‘p vaqtini o‘tkazadiganlarga noverbal muloqot: imo-ishoralar, mimika va suhbatdosh talaffuzlari yetishmaydi.
Ilmiy ish mualliflari smartfon va kompyuterdan kamroq foydalanishni tavsiya qilishmoqda. Misol uchun, do‘stlar bilan quyidagi o‘yinni o‘ynash taklif qilingan: kafe yoki restoranda uchrashuv vaqtida telefonlarni stol markaziga qo‘yish kerak. Smartfondan kim birinchi bo‘lib foydalansa, u qolganlarning ichimligi uchun haq to‘lab berishi kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi