2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

2015 yil bir qator, xususan, Google, Sbarro va Johnnie Walker kabi jahonga mashhur brendlarning rebrendingi bilan yodda qoldi, deya xabar bermoqda «Daryo.uz».

2015-yil yakunlariga ko‘ra, yangilangan jahon brendlari o‘nligini tayyorlagan Business Insider nashrining qayd etishicha, yangi logotip ko‘hna brendga yangi hayot bag‘ishlashi mumkin.

10-o‘rin: International House of Pancakes (IHOP)
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

AQShdagi oilaviy nonushtalarga ixtisoslashgan restoranlar tarmog‘i. Mazkur tarmoq o‘z quymoqlari va omletlari bilan mijozlar mehrini qozongan. Tarmoqning AQSh va Kanadada 1,5 mingdan ortiq shoxobchalari bor. 2012-yili Dubayda ham ochilgan.
9-o‘rin: OpenTable
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

AQShdagi 31 mingdan ortiq restoranlarda joy band qilish imkonini beruvchi, 1998-yilda asos solingan onlayn servis.
8-o‘rin: Turner
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

Amerikadagi kabel mediakonglomerati, Time Warner kompaniyasi tarkibiga kiradi. Kompaniya CNN, HLN, TBS, TNT, Cartoon Network va boshqa shu kabi AQShning yirik telekanallariga egalik qiladi.
7-o‘rin: Sbarro
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

Asosan Italiya va Amerika milliy taomlariga ixtisoslashgan pisseriyalar tarmog‘i.
6-o‘rin: Emerald Nuts
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

Diamond Foods kompaniyasining yong‘oq asosidagi ermak eguliklarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘linmasi.
5-o‘rin: Ritz-Carlton
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

Lyuks toifasidagi mehmonxonalarning xalqaro tarmog‘i. Tarmoq jahondagi eng yirik mehmonxona xoldingi — Marriott International’ning shu’basi hisoblangan Ritz-Carlton Hotel Company tomonidan boshqariladi.
4-o‘rin: Google Ventures
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

Alphabet (sobiq Google)ning investisiyaviy bo‘linmasi. Kompaniya investisiyalar bozorini o‘rganib boradi va qaysi startaplarga sarmoya kiritish borasida qaror qabul qiladi.
3-o‘rin: Johnnie Walker
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

Diageo’ga tegishli va butun jahonga mashhur viski brendi. Kompaniya Red Label, Black Label, Blue Label kabi nomlar ostida viskilar ishlab chiqaradi.
2-o‘rin: Spike
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

Amerikadagi kabel telekanali, Viacom mediaxoldingi tarkibiga kiradi. Asosan ko‘ngilochar dasturlar namoyishiga ixtisoslashgan
1-o‘rin: Google
2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari

Yilning eng yaxshi rebrendingi — Google Inc.’ni alohida ta’riflash, tanishtirish shart emas. Kompaniyaning avvalgi logotipi 17 yil davomida xizmat qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar