O‘zbek guruhlari ishtirok etadigan Eurasia Mobile Challenge tanlovining Moskvadagi finali YouTube‘da ko‘rsatiladi

Beeline Eurasia Mobile Challenge (“Evraosiyo mobil kubogi”) halqaro innovasiyalar tanlovining hududiy bosqichi boshlangani haqida xabar beradi. 28 yanvar kuni turnir to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi havola orqali namoyish etiladi https://www.youtube.com/watch?v=qAzROHuwDdA
Eslatib o‘tamiz, dasturda ishtirok etish uchun ro‘yhatdan o‘tgan 57 yosh O‘zbekistonlik tadbirkorlar guruhidan milliy hakamlar, Rossiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan hududiy finalda ishtirok etish uchun uch sovrindor guruhni tanlab olgan edi. Bu quyidagi quruhlar: rank.uz, stolik va “Idealnыe uslugi”.
Make Your Mark (“O‘z izingni qoldir”) nomli VimpelCom‘ning global loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan Eurasia Mobile Challenge sentyabr oyida ishga tushirilgan edi. Tanlov hamkori – Huawei Technologies Co, Ltd.
Tanlov doirasida yosh tadbirkorlar oldida mobil sohasidagi echimni yaratish va uni hakamlarga quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etish kabi masala turar edi: “O‘yin-kulgu va madaniyat”, “Ekologiya”, “Ijtimoiy soha”, yoki “Boshqa”. Innovasionligi, mahalliy aholi uchun muhimligi, miqyosligi, shuningdek respublika va halqaro investorlar uchun biznes-modelning o‘ziga hosligi.
Keyingi bosqich g‘oliblari 2016 yilning 22-26 fevral kunlari Barselonada bo‘lib o‘tadigan Halqaro mobil aloqa kongressi doirasida Evraosiyoni taqdim etadilar.
Tanlov haqidagi so‘ngi xabarlardan habardor bo‘lish uchun quyidagi saytni kuzating www.eurasiamobilechallenge.com. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing