AQSHning Perdyu universiteti olimlari o‘z rekordlarini yangilashdi. Gap shundaki, ular 2018 yilda dunyodagi eng tez aylanuvchi jismni yaratishgan. Ushbu jism daqiqasiga 60 mlrd marta aylana olgan. Endi esa shu olimlar jamoasi o‘z rekordini 5 marta yaxshilay oldi. Bu haqda Nature Nanotechnology nashrida ma’lum qilindi.
Avvalgi tajribadagi kabi jism o‘zidan vakuumda muallaq turgan kremnezyomning gantel ko‘rinishidagi nanozarrasini aks ettirgan. Nanozarrani aylantirish uchun ikkita lazer qo‘llangan. Bitta lazer uni joyida ushlab turgan, ikkinchisi esa aylantirgan. Yorug‘lik fotonlari jismga tushganda, unga radiatsiyaviy bosim kabi ma’lum bo‘lgan kuch bergan.
Odatda bu kuch sezilarli effekt hosil qilish uchun juda kuchsizdir. Biroq deyarli ishqalanish bo‘lmagan vakuumda u jismlarni rekord tezlikda aylantiradi. Olimlar o‘tkazgan tajribada jismning aylanish tezligi daqiqasiga 300 mlrd martani tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, tish shifokori bormashinasi daqiqasiga 500 ming marta, tabiatdagi eng tez aylanuvchi jism – pulsar esa 43 ming marta aylanadi.
“1600-yillarda Iogann Kepler kometalar dumi radiatsiyaviy bosim sababli doimo Quyoshga qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘lishini ko‘rgan. Biz nanozarralar aylanishi uchun ham xuddi shu hodisani lazerlar bilan amalga oshiramiz”, deb aytgan tadqiqot muallifi Tongkan Li.
Olimlarning ma’lum qilishicha, ushbu ishlanmani vakuum ishqalanish va nanoo‘lchamli magnetizm kabi kvant effektlarini o‘lchashda qo‘llash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!