Foto: EPA
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari koronavirusdan eng samarali himoyalovchi niqob turini ma’lum qilishdi.
ScienceDaily nashrining ma’lum qilishicha, tadqiqotchilar uch turdagi niqobni o‘zaro taqqoslashgan: qo‘lbola usulda tayyorlangan bir qatlamli, ikki qatlamli matoli va uch qatlamli jarrohlik niqoblari.
Mutaxassislar tajriba uchun maxsus ishlab chiqilgan yorug‘lik-diodli yoritish tizimi va muayyan turdagi niqobni taqqanda so‘zlashish, aksirish va yo‘talish vaqtida tashqariga chiqadigan mikroskopik tomchilarning tarqalishini suratga olish uchun yuqori tezlikdagi kameradan foydalanishgan.
Tajriba videoyozuvi yuz uchun uch qatlamli jarrohlik niqobi koronavirusdan himoyalashda eng samarali ekanini ko‘rsatgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, niqobning himoyalovchi xususiyatlariga, shuningdek, foydalanilayotgan material turi, dizayn, niqobning yuzga yopishib turishi hamda uning qanchalik tez-tez yuvilib turishi ham ta’sir qilar ekan.
Mutaxassislarning fikricha, qo‘lbola niqoblarni kamida ikki qatlam matodan tayyorlash kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi