Avstraliyada ko‘rshapalaklar hujumi ko‘paydi: xavfli virusdan ogohlantirishdi

Avstraliya rasmiylari aholini ko‘rshapalaklarga yaqinlashmaslik va ularga tegmaslik haqida ogohlantirmoqda. Bunga hayvonlar tomonidan tishlash va tirnash holatlari ko‘paygani sabab bo‘lgan. Mutaxassislar bunday vaziyatlarda Avstraliya ko‘rshapalak lissavirusi (Australian bat lyssavirus) yuqish xavfi mavjudligini eslatmoqda.
Yangi Janubiy Uels shtati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 28-sentabrdan 10-oktabrgacha hududning shimoliy qismida 43 kishi ko‘rshapalaklar tomonidan tishlangan yoki tirnalgan. O‘tgan yilning shu davrida esa bunday holatlarning 10 tasi qayd etilgan.
Hodisalarning Hunter, Mid North Coast, Northern NSW va Central Coast mintaqalarida kuzatilgani bildirilgan. Avstraliya ko‘rshapalak lissavirusi quturish virusiga yaqin bo‘lib, odamda og‘ir va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallikni keltirib chiqaradi. Kasallik alomatlari boshlanganidan keyin samarali davolash usuli mavjud emas. Biroq virus bilan ehtimoliy kontaktdan so‘ng o‘z vaqtida ko‘rsatiladigan tibbiy yordam, jumladan, zarur emlash va boshqa profilaktik choralar kasallikning oldini olishi mumkin.
Yangi Janubiy Uels sog‘liqni saqlash boshqarmasining Sog‘liqni saqlashni himoya qilish bo‘limi direktori Keyra Glazgo aholiga har qanday ko‘rshapalak virus tashuvchisi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, virusning odamlarga yuqishi kam uchraydi, ammo zararlangan hayvon tishlashi yoki tirnashi jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli ko‘rshapalaklar bilan bevosita aloqadan saqlanish muhim.































Izohlar 0
…