Microsoft launches new Start menu for Windows 11

Microsoft is planning a comprehensive technical overhaul of the Start menu for Windows 11 to enhance both functionality and performance. While the visual design will remain similar, users will gain greater customization options, including the ability to choose between different menu sizes and toggle specific sections like the recommendations feed. Additionally, the update aims to significantly improve responsiveness, ensuring the menu
Microsoft kompaniyasi "Windows 11" operatsion tizimining "Pusk" menyusini yangilashni rejalashtirmoqda. "Windows Central" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, tizimning ushbu qismi texnik jihatdan butunlay yangilanadi. Reports Ixbt.com.
Yangi versiyaning tashqi ko'rinishi avvalgiga o'xshash bo'lsa-da, sozlamalar imkoniyatlari kengaytiriladi. Foydalanuvchilar menyuning kichik yoki katta variantlarini qo'lda tanlashi, shuningdek, tavsiyalar lentasi va barcha ilovalar ro'yxati kabi bo'limlarni yoqish yoki o'chirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Hozirgi vaqtda "Windows 11"da menyu hajmini operatsion tizimning o'zi belgilaydi, yangilanishdan so'ng esa ushbu tanlov foydalanuvchi ixtiyoriga topshiriladi. Bundan tashqari, menyuning ishlash tezligi oshiriladi va tizimga yuqori yuklama tushgan holatlarda ham u tezroq javob beradigan bo'ladi.
























Comments 0
…