
Xiaomi avtomobil bo‘limi 2025 yilning birinchi choragida 500 million yuan (taxminan 69 million dollar) zarar ko‘rdi, deb Auto.Mail.ru xabar berdi. Shunga qaramay, kompaniya yetkazib berishni oshirmoqda va yaqin oylarda foydaga chiqishni rejalashtirmoqda. Hozirda har bir SU7 elektromobili kompaniyaga taxminan 6500 yuan yoki 900 dollar zarar keltirmoqda.
Birinchi chorakda Xiaomi taxminan 76 ming SU7 modelini mijozlarga yetkazib berdi. Kompaniya rahbari Lu Weibingning aytishicha, avtomobil loyihasi hali dastlabki bosqichda. 2024 yilda har bir mashina 9200 dollar zarar keltirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich bir yilda deyarli o‘n baravarga kamaygan.
Xiaomi ishlab chiqarishni kengaytirish orqali zararlarni kamaytirishga ishonmoqda. Shuningdek, kelgusida yangi krossover modeli — YU7 taqdim etiladi, va u SU7’ga nisbatan uch barobar ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda.
Shuningdek, Xiaomi SU7 Ultra modeli uchun quvvat cheklovi siyosatini ham o‘zgartirdi. Ilgari 1548 ot kuchiga yetishi faqat maxsus trassada treningdan o‘tganlarga ruxsat etilgan edi. Endilikda esa mijozlar shikoyatlaridan so‘ng bu talab bekor qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar