Mercedes-Benz xodimlariga ishdan ketish uchun pul taklif qilmoqda

Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi shtatni qisqartirishda odatiy tartibdan foydalana olmayapti. Bunga mamlakatdagi xodimlar bandligini 2034 yil oxirigacha kafolatlaydigan kelishuv amal qilayotgani sabab bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan kompaniya ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda faoliyat yuritayotgan 30 mingdan ortiq xodimiga ishdan o‘z xohishi bilan ketish evaziga tovon puli taklif qilmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ayrim xodimlar olishi mumkin bo‘lgan kompensatsiya miqdori ancha yuqori. Masalan, katta tajribaga ega muhandisga «Turbo» bonusi ham qo‘shilganda 422 ming yevrogacha tovon puli to‘lanishi mumkin.
Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…