23:45 / 22.12.2016
6 750

Scania kelajak shahar avtobusini tajribadan o‘tkazmoqda

Scania kelajak shahar avtobusini tajribadan o‘tkazmoqda

Shvesiyaning Syodertele shahri transportiga simsiz (induksion) zaryadlanuvchi gibrid avtobus qo‘shildi. U bekatlarda quvvat oladi.

Bu texnologiya keskin iqlim sharoitida birinchi marta sinovdan o‘tmoqda. Quvvatlanish tartibi oddiy: avtobus asfaltdagi zaryadlovchi element ustida to‘xtaydi va avtomatik tarzda akkumulyatorini to‘ydiradi.

Induksion tizim shahar muhitini o‘zgartirmaydi va umuman sezilmaydi. 10 kmni bosish uchun 7 daqiqa zaryad olish etarlidir.

“Bu Scanianing shahar transporti barqaror tizimini topish yo‘lidagi bir qancha loyihalaridan biridir. Biz shaharlardagi talabni o‘rganish hamda mahalliy ishlab chiqariluvchi muqobil yonilg‘i turida, shuningdek, elektrlashtirish texnologiyasida ishlaydigan, ekologik, tezkor, xavfsiz va tejamkor tizim yaratish ustida ishlayapmiz”, dedi Scanianing shahar ekologik xavfsizligi bo‘yicha qarorlar chiqarish bo‘limi boshlig‘i Anders Grundstryomer.

Kompaniyadagilar shahar jamoat transportini elektrlashtirish turli texnologiya va echimlar talab qilishini qayd etadi. Xususan, gibrid va elektrobuslar avtoturargohda, bekatda yoki yo‘l-yo‘lakay zaryadlanadi.

Syodertele shahrida “Skaniya” sinayotgan avtobusning akkumulyatorlari ish vaqtida, tormozlanish vaqtida, ichki yonuv dvigateli hisobiga ham zaryadlana oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Scania kelajak shahar avtobusini tajribadan o‘tkazmoqda