Damas va Labo uchun 0 foizli bo‘lib to‘lash shartlari e’lon qilindi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Tenge Bank Damas va Labo avtomobillarini yillik 0 foiz stavkada bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilish imkoniyatini taqdim etmoqda.
- Mazkur xarid uchun kamida 26 foiz miqdorida boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilishi talab etiladi.
- Damas uchun to‘lov muddati 21 oydan 36 oygacha, Labo uchun esa 15 oydan 27 oygacha etib belgilangan.
- Avtomobillar chegirmasiz narxlarda sotuvga chiqarilgan bo‘lib, yakuniy to‘lov miqdori tanlangan komplektatsiya va to‘lov rejasiga qarab o‘zgaradi.
Tenge Bank Damas va Labo avtomobillarini yillik 0 foiz stavkada bo‘lib to‘lash imkoniyatini taklif qilmoqda. Xarid uchun boshlang‘ich to‘lov kamida 26 foizni tashkil etadi. Tanlangan shartlarga qarab, Damas uchun to‘lov muddati 21 oydan 36 oygacha, Labo uchun esa 15 oydan 27 oygacha bo‘lishi mumkin.
Damas uchun oylik to‘lov 1 293 833 so‘m atrofida hisoblangan. Bu bir kunga taxminan 42–43 ming so‘mdan to‘g‘ri keladi. Avtomobil kundalik qatnovlar va yo‘lovchi tashish orqali daromad olishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun mos kelishi mumkin.
Yuk tashish uchun mo‘ljallangan Labo‘ning oylik to‘lovi 1 784 630 so‘mdan boshlanadi. Avtomobildan dehqonchilikda, logistikada, savdo nuqtalariga mahsulot yetkazishda va qurilish materiallarini tashishda foydalanish mumkin. Ushbu model uchun eng uzoq to‘lov muddati 27 oyni tashkil etadi.
Damas xaridi uchun to‘lov rejalari
• 26 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 21 oygacha bo‘lib to‘lash.
• 30 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 23 oygacha bo‘lib to‘lash.
• 40 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 28 oygacha bo‘lib to‘lash.
• 50 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 36 oygacha bo‘lib to‘lash.
Labo xaridi uchun to‘lov rejalari
• 26 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 15 oygacha bo‘lib to‘lash.
• 30 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 16 oygacha bo‘lib to‘lash.
• 40 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 21 oygacha bo‘lib to‘lash.
• 50 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 27 oygacha bo‘lib to‘lash.
Mazkur imkoniyat o‘z biznesini boshlashni rejalashtirayotganlar, dehqon-fermerlar va transport xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga qaratilgan. Xaridor boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgandan keyin qolgan summani kelishilgan muddat davomida foizsiz bo‘lib to‘laydi.
Shu bilan birga, e’londa keltirilgan oylik to‘lovlar boshlang‘ich komplektatsiyadagi avtomobil uchun 50 foiz boshlang‘ich to‘lov asosida hisoblangan. Shuning uchun yakuniy to‘lov tanlangan avtomobil komplektatsiyasi va to‘lov rejasiga bog‘liq bo‘ladi. Avtomobillar chegirmasiz narxlarda sotuvga taklif etilmoqda.































Izohlar 0
…