Niderlandiyaning Spyker kompaniyasi C8 superkarini qaytardi

2 daqiqa o'qish112
Niderlandiyaning Spyker kompaniyasi C8 superkarini qaytardi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Spyker uzoq yillik tanaffus va moliyaviy qiyinchiliklardan so'ng avtomobil bozoriga qaytib, C8 superkarini qayta tikladi.
  • Brend asoschisi Viktor Myuller 2025-yil oktabr oyida tarixiy brend huquqlarini qaytarib olgan, iyun oyida esa kompaniyaning ulkan ulushi Volodimir Nosovga sotilgan.
  • Yangi C8 Preliator XXV Coupé 4,0 litrli egizak turbo V8 dvigatelga ega bo'lib, 800 ot kuchi va 737 lb ft tortish kuchini hosil qiladi hamda soatiga 217 mildan ortiq tezlikka erisha oladi.

Niderlandiyaning mashhur sport avtomobillari ishlab chiqaruvchisi Spyket uzoq yillik tanaffus va moliyaviy qiyinchiliklardan soʻng avtomobil bozoriga qaytdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, kompaniya oʻzining afsonaviy C8 superkarini qayta tikladi hamda bundan ikki oʻn yil muqaddam eʼlon qilingan D8 Peking-to-Paris krossoverini nihoyat yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.

Kompaniya boshidan kechirgan bankrotlik va uzoq davom etgan sud nizolaridan soʻng, uning asoschisi Viktor Myuller 2025-yil oktabr oyida tarixiy brend huquqlarini qaytarib olgan edi. Joriy yilning iyun oyida esa Spyker kompaniyasining ulkan ulushi kelib chiqishi ukrainalik boʻlgan kriptovalyuta magnati Volodimir Nosovga sotildi. Ushbu investitsiya brendning yangi davrdagi ilk qadamlari uchun moliyaviy asos boʻlib xizmat qildi.

Yangi davrning ilk avtomobili

Brendning yangi bosqichidagi ilk modeli C8 Preliator XXV Coupé deb nomlandi. Ushbu avtomobil ilk bor 2016-yilgi Jeneva avtosalonida namoyish etilgan C8 Preliator modelining chuqur takomillashtirilgan versiyasi hisoblanadi. Yangi superkar kompaniyaning XX asr boshlaridagi aviatsiya sohasidagi tarixiga hurmat bajo keltirgan holda, samolyot vintini eslatuvchi gʻildiraklar va qiruvchi samolyotlarning reaktiv motorini aks ettiruvchi orqa chiroqlar bilan jihozlangan.

Avtomobil Koventri shahridagi pudratchi tomonidan yigʻilgan alyuminiy kosmik ramkali shassiga asoslangan. uning kapoti ostida 4,0 litrli egizak turbo quvvatga ega V8 dvigatel oʻrnatilgan boʻlib, u 800 ot kuchi va 737 lb ft tortish kuchini hosil qiladi. Mazkur quvvat olti pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi orqali orqa gʻildiraklarga uzatiladi. Mashina soatiga 217 mildan ortiq tezlikka erisha oladi, biroq kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, asosiy eʼtibor rekord darajadagi tezlikka emas, balki haydovchining avtomobil bilan toʻliq uygʻunligiga qaratilgan.

Anʼanaviy yondashuv va kelajakdagi rejalar

C8 Preliator XXV Coupé interyeri raqamli ekranlardan deyarli holi tarzda yaratilgan. Yagona raqamli element bu – lozim topilgandagina ishlatiladigan proeksiya displeyi hisoblanadi. Barcha boshqaruv elementlari va oʻlchash moslamalari ataylab anʼanaviy mexanik uslubda ishlangan. Shuningdek, maxsus tugma bosilganda barcha panellar, jumladan dvigatel boʻlinmasini ochib beruvchi «kapalak rejimi» ham nazarda tutilgan.

Hozirgi bosqichda ushbu eksklyuziv modeldan jami 25 dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Narxlar hozircha oshkor etilmagan boʻlsa-da, Spyker oʻz xaridorlari sifatida dunyodagi milliarderlar va badavlat avtohavaskorlarni belgilagan. Shu maqsadda brend oʻzining debyutini AQShdagi Monterey avtohaftaligi doirasida oʻtkaziladigan eksklyuziv tadbirda amalga oshirdi. Superkardan tashqari, kompaniya GT3 sinfidagi chidamlilik poygalariga qaytishni va koʻp yillardan buyon kutilayotgan D8 Peking-to-Paris krossoverini ishlab chiqarishni yakunlashni koʻrib chiqmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?