11:37 / 04.06.2020
2 540

«Yandeks» haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarning yangi avlodini taqdim etdi

«Yandeks» haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarning yangi avlodini taqdim etdi
Foto: «RIA Novosti»
«Yandeks» kompaniyasi va Hyundai Mobis haydovchisiz boshqariladigan yangi avlod modelini taqdim etdi. Mazkur model Hyundai Sonata sedani bazasida yaratilgan, deb xabar beradi «Izvestiya».

Ta’kidlanishicha, bu turdagi beshta avtomobilni Moskva ko‘chalarida sinovdan o‘tkazish mart oyida boshlangan. Hamkorlik doirasida 2020 yilning oxiriga qadar «Yandeks» avtonom parkidan haydovchisiz boshqariladigan Hyundai Sonata modellarining 100 dona versiyasi o‘rin oladi.

Avtonom harakatlanadigan yangi avlod avtomobillarida kameralar soni ko‘paytirilgan, jumladan, turli masofani aniqlovchi fokuslar qo‘shilgan. Shuningdek, lidar va radarlar joylashuvi ham o‘zgargan. Joriy etilgan barcha yangiliklar haydovchisiz boshqariladigan Hyundai Sonata sedaniga harakat ishtirokchilari hamda turfa yo‘l sharoitlari to‘g‘risida maksimal va ishonchli ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Yandeks» haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarning yangi avlodini taqdim etdi