06:00 / 06.05.2022
1 555

Isroil Putin Lavrovning so‘zlari uchun uzr so‘raganini ma’lum qildi

Isroil Putin Lavrovning so‘zlari uchun uzr so‘raganini ma’lum qildi
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlari uchun uzr so‘radi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Naftali Bennetning ofisi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Bennet va Putin o‘zaro telefon orqali muloqot qilib, Mariupoldagi «Azovstal» zavodi hududidagi tinch aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha fikr almashgan.

«Shuningdek, ular Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovning so‘zlarini ham muhokama qildi. Bosh vazir Putinning uzrini qabul qildi va unga yahudiy xalqiga va xolokostga bo‘lgan munosabatiga oydinlik kiritgani uchun minnatdorlik bildirdi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Italiyaning Mediaset telekanaliga bergan intervyusida Adolf Hitlerda yahudiy qoni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Uning bu so‘zlaridan so‘ng Isroildagi rus elchisi tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Isroil prezidenti Itsxak Gersog Lavrovdan bu so‘zlari uchun uzr so‘rashni talab qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Putin Lavrovning so‘zlari uchun uzr so‘raganini ma’lum qildi