Foto: AP Photo
Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kompaniya rahbariyati bilan kelishuvga erishgan dunyodagi eng boy odam Ilon Mask AQSHning 45-prezidenti Donald Trampning Twitter’dagi akkauntini blokdan chiqarishga tayyorligini aytdi.
«Men taqiqni olib tashlagan bo‘lardim — lekin hali Twitter’ning egasi emasman», — dedi Mask Financial Times anjumanida.
«Donald Trampning akkauntini bloklash noto‘g‘ri bo‘lgan deb o‘ylayman. Fikrimcha, bu xato, chunki bu mamlakatdagilarning aksariyatining ko‘nglini qoldirdi va yakunda baribir Donald Trampni saylov huquqidan mahrum etgani yo‘q», — dedi Mask.
Biznesmenning fikricha, Tramp akkauntining bloklanishi o‘nglar orasida sobiq prezidentning ovozini kuchaytirgan. «Shuning uchun bu axloqiy jihatdan noto‘g‘ri va mutlaqo ahmoqlikdir», — deya qo‘shimcha qildi Mask.
2021 yilning yanvarida Trampning tarafdorlari prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalaridan norozi bo‘lib AQSH Kongressi yig‘ilgan Kapitoliy binosiga hujum uyushtirganidan keyin, Twitter Trampning akkauntini bir umrga bloklab qo‘ygan edi. O‘sha tartibsizliklar oqibatida Kapitoliyning xavfsizlik xodimi bilan birgalikda, besh kishi halok bo‘lgan. Facebook, Instagram va Twitter ijtimoiy tarmoqlari Tramp o‘z xabarlarida tartibsizliklarni qo‘llab-quvvatlagan deb hisoblagan.
2022 yilning 25 aprelida Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Twitter direktorlar kengashi bilan kompaniyani 44 milliard dollarga yoki har bir aksiya uchun 54,2 dollarga sotib olishga kelishib oldi. Dastlab direktorlar kengashi kelishuvga to‘sqinlik qilishga uringan, biroq aksiyadorlar bosimi ostida milliarder bilan uchrashgan.
Oq uy Ilon Mask Twitter’ni sotib olganidan so‘ng sobiq prezident Donald Trampning ushbu ijtimoiy tarmoqqa qaytishidan xavotir bildirgan edi. Trampning o‘zi CNBC telekanaliga Mask platformani sotib olganidan keyin ham Twitter’ga qaytmasligini aytgan. U o‘zi homiyligi ostida yaratilgan TRUTH ijtimoiy tarmog‘ida qolishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi