Foto: Reznikov Oleksii / Facebook
AQSHning qurollari Ukrainaga Rossiya bosqini ostidagi o‘z hududlarini, xususan Qrim va Donbassni ham ozod qilishga yordam beradi, deya ishonch bildirdi Ukraina mudofaa vaziri Oleksey Reznikov CNN'ga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Qrimni qaytarib olishga uch bosqichda erishishga umid qilmoqda.
“Biz barcha hududlarimizni, barchasini, xususan Qrimni ham ozod qilmoqchimiz”, dedi vazir Bryusselda kechgan suhbatda.
“Qrim Ukraina uchun strategik maqsad, chunki u – Ukrainaning bir qismi”, dedi Reznikov va qo‘shimcha qildi: “Biroq biz bosqichma-bosqich harakat qilamiz”.
Ukraina mudofaa vaziriga ko‘ra, birinchi bosqich Rossiyaga qarshi janglardagi yo‘qotishlarga barham berish uchun quruqlikdagi vaziyatni barqarorlashtirishdan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda Rossiya qo‘shinlarini 24 fevraldan oldingi pozitsiyalariga chekintirish maqsad qilingan.
Uchinchi bosqichga kelib esa Ukraina “hududlarini, xususan Qrimni qanday ozod qilish bo‘yicha” o‘z hamkorlari bilan muhokamalar o‘tkazadi, deya tushuntirdi Oleksey Reznikov.
Ukraina tomoni olinayotgan qurollar Rossiya hududiga hujum qilishda ishlatilmasligi, biroq Ukraina Qrimni Rossiya hududi deb hisoblamasligini ta’kidlamoqda.
Qrimni harbiy yo‘l bilan qaytarib olishga urinish yarimorolni o‘z tarkibiga qabul qilgan Rossiyani yanada g‘azablantirishi haqidagi savolga javoban, Reznikov buni “o‘z tarkibiga qabul qilish” deb bo‘lmasligini aytdi.
“Buning ahamiyati yo‘q. Chunki ular Xersonda ham, Zaporojeda ham, Mariupolda ham buning guvohi bo‘lishadi. Bular – Ukraina hududlari, nima bo‘lishidan qat’i nazar Qrim ham Ukrainaniki”, dedi vazir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi