Qrimda favqulodda holat: elektr uzilishlari hayotni izdan chiqardi

1 daqiqa o'qish366
Qrimda favqulodda holat: elektr uzilishlari hayotni izdan chiqardi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ukrainaning so‘nggi kuchli hujumlaridan keyin anneksiya qilingan Qrimda 26 iyun kuni soat 13:00 dan boshlab favqulodda holat rejimi joriy etildi.
  • Bir necha kun davom etgan hujumlar oqibatida yarimorolning qator hududlarida elektr ta’minoti izdan chiqdi va bu holat aholini yonilg‘i tanqisligi hamda jamoat transportidagi cheklovlarga duchor qildi.

Ukrainaning so‘nggi kuchli hujumlaridan keyin anneksiya qilingan Qrimda 26 iyun kuni soat 13:00 dan boshlab favqulodda holat rejimi joriy etildi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir necha kun davom etgan hujumlar oqibatida yarimorolning qator hududlarida elektr ta’minoti izdan chiqqan. Bu esa mahalliy aholini yonilg‘i tanqisligi va jamoat transporti harakatidagi cheklovlar kabi qator muammolarga duchor qilgan.

Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev Telegram orqali yo‘llagan video murojaatida butun shahar hududida favqulodda holat rejimi joriy etilganini ma’lum qildi.

“Bu rejim vaziyat barqarorlashguncha amal qiladi”, — dedi Razvojayev.

Qrim rahbari Sergey Aksyonov ham o‘z murojaatida butun mintaqada favqulodda holat e’lon qilinganini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, mazkur qaror mulkka yetkazilgan zararni qoplash jarayonini soddalashtirish va iqtisodiy masalalarni tezroq hal etish imkonini beradi.

Razvojayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tartib tadbirkorlarga fors-major holatlarini rasman qo‘llash huquqini beradi. Shuningdek, elektr uzilishlari tufayli ishdan chiqqan maishiy texnika uchun aholi kompensatsiya talab qilish imkoniga ega bo‘ladi. Zarur hollarda esa rasmiylar fuqarolarning harakatlanishini cheklash vakolatiga ham ega bo‘ladi.

Ukraina tomonidan energiya infratuzilmasiga qilingan hujumlar oqibatida Qrimda bir haftadan buyon elektr ta’minoti navbat bilan o‘chirilmoqda. Shu sababli aholidan elektr energiyasini tejash so‘ralgan. Ayni paytda mutaxassislar elektr tarmoqlarini qayta tiklash ishlarini olib bormoqda.

Razvojayevning ma’lum qilishicha, elektrdagi uzilishlar tufayli Sevastopolning ayrim hududlarida suv bosimi ham pasaygan. Elektr ta’minoti barqarorlashgach, suv tizimi ham to‘liq tiklanishi kutilmoqda. Shuningdek, 26 iyun kuni ertalab Sevastopol qo‘ltig‘ida dengiz yo‘lovchi transporti harakati ham vaqtincha to‘xtatilgan.

Bundan tashqari, Qrimni Rossiya bilan bog‘laydigan Kerch ko‘prigida ham jiddiy tirbandlik yuzaga kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki mingdan ortiq avtomobil navbatda turibdi va haydovchilar taxminan besh soat kutishga majbur bo‘lmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Ukraina so‘nggi haftalarda dronlar orqali hududga hujumlarni kuchaytirgan. Zarbalar asosan Qrimni shimol tomondan ta’minlaydigan harbiy yuk mashinalari va yonilg‘i sisternalariga qaratilgan bo‘lib, bu holat yarimorolda benzin tanqisligini yanada kuchaytirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?