Ukrainada urush boshlangandan keyin O‘zbekistonning telefon importi qanday o‘zgardi?

1 daqiqa o'qish1.2K
Ukrainada urush boshlangandan keyin O‘zbekistonning telefon importi qanday o‘zgardi?
Fevral oyi oxirida Ukrainada boshlangan urush va Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalar jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, O‘zbekistonga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu jumladan, mamlakatning telefon importi ham urush natijasida bir qator o‘zgarishlarga duch keldi.

Xitoy
Yanvar oyida Xitoydan mamlakatga qariyb 87 mingta telefon olib kelingan bo‘lsa, fevralda sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (221 ming). Bu ko‘rsatkich keyingi oylarda ham oshib borib, mart oyida 224 mingtaga yetgan.

Lekin aprel oyidan boshlab import hajmi pasayib borganini kuzatish mumkin (207 ming), may oyida esa bu ko‘rsatkich keskin pastlagan (104,9 ming).

Vyetnam
Mamlakatning yirik telefon importchilaridan biri Vyetnamda vaziyat biroz boshqacha. Yil boshida import bir qadar barqaror bo‘lgan — yanvar—fevral oylarida 30 mingta atrofida uyali aloqa vositasi olib kelingan.

Biroq keyingi oylarda bu ko‘rsatkich pastlab borgan. Xususan, may oyida mamlakatdan bor-yo‘g‘i 7 mingta telefon import qilingan.

Hindiston
Yil boshida atigi 4,2 mingta telefon import qilingan Hindiston keyinchalik kuchli uchlikka kirib, mamlakatdagi eng muhim telefon importchisiga aylangan. Masalan, birgina aprel oyining o‘zida u yerdan qariyb 26 mingta uyali aloqa vositasi olib kelingan.

Lekin boshqa mamlakatlarda ham kuzatilganidek, may oyida Hindistondan import qilinadigan telefonlar hajmi keskin tushib, 10,7 mingtani tashkil qilgan.

BAA
Yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklaridan 4,6 mingta uyali aloqa vositasi olib kelingan. Biroq keyingi oyda import hajmida keskin o‘sish kuzatilgan (21,5 ming).

Bu hajm yana qisqarib borib, may oyida atigi 975 taga tushib ketgan.

Mart oyida yil boshidan beri eng katta ko‘rsatkichga chiqqan (286 ming) telefon importi may oyida keskin qisqarib ketgan (124,3 ming).
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?