“Aydar” bataloni qo‘mondoni va bir qancha ukrainalik jangarilar taslim bo‘ldi

1 daqiqa o'qish2.9K
“Aydar” bataloni qo‘mondoni va bir qancha ukrainalik jangarilar taslim bo‘ldi
“Aydar”* ukrain millatchi bataloni qo‘mondonlardan biri Severodonetsk yaqinidagi Metelkino qishlog‘iozod etilishi jarayonida qo‘lga olindi, deb xabar berdi RIA Novostiga huquq-tartibot idoralaridagi manba.

"Metelkinoni “zachistka” vaqtida bir qancha ukrainalik jangarilar taslim bo‘ldi, jumladan, Aydar* bataloni komandirlaridan biri. Hozir uning qanchalik yuqori martabali ekani aniqlanmoqda", - dedi agentlik suhbatdoshi.

Bundan tashqari, qo‘shni Severodonetsk Rubejnoye shahridan asirga tushgan ikki nafar ukrainalik harbiy Luganskga yuborildi.
Severodonetsk atrofidagi vaziyatga kelsak, hozir “Metelkinoga tutash Sirotino qishlog‘i uchun janglar ketmoqda”, dedi manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shanba kuni bu qishloqdagi jangarilar pozitsiyalariga Rossiya raketalari "kelib keldi” va bu LXR kuchlariga hujumni rivojlantirishga imkon berdi.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Axmat” maxsus bo‘linmalari LXR xalq militsiyasining ikkinchi korpusi bilan birgalikda Metelkino qishlog‘ini ozod qilganini ma’lum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, qishloq uchun olib borilgan janglarda Ukraina tomoni o‘tgan haftada o‘zining 600 dan 700 tagacha jangchisini yo‘qotgan.

Severodonetskni ozod qilish paytida Rossiya armiyasi va LXRning ittifoqchi qo‘shinlari “Azot” zavodi hududida ukrain millatchi batalonlari jangarilarini qamalga oldi. May oyining boshidan beri shahar uchun janglar davom etmoqda.

* ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan va Rossiya hududida taqiqlangan
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?