Foto: Reuters / Scanpix / LETA
Sharqiy Xitoyda aholi bir necha oydan beri bankdagi o‘z hisob raqamidan pul ololmayapti. Hukumat bank bo‘limlari talon-toroj qilinishining oldini olish maqsadida ko‘chalarga tanklarni chiqargan. Bu haqdagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ularning haqiqiyligi tasdiqlanmagan va aynan qayerda olingani ham aniq emas. Hukumat noroziliklarni bostirish uchun armiya jalb qilingani haqida rasman xabar bermadi.
Sharqiy Xenan va Anxoy provinsiyalaridagi to‘rtta mintaqaviy bankda omonatchilarning mablag‘lari aprel oyi o‘rtalarida muzlatib qo‘yilgan edi. Dastlab, hisob raqamlari yopib qo‘yilishi «tizimni yangilash» zarurati bilan izohlandi. Shundan so‘ng, omonatchilar pullarini qaytarishni talab qilib ko‘chalarga chiqdilar.
Ko‘p o‘tmay, Xitoy bank regulyatori voqea bo‘yicha tergov boshlanganini e’lon qildi. Iyul oyi boshida uning natijalari e’lon qilindi: ushbu banklarni nazorat qilgan Henan Xincaifu Group holdingi rahbarlari firibgarlik sxemalari yordamida omonatchilarning hisob raqamlaridagi pullarni chiqarib olishgan. Umumiy zarar, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qariyb 40 milliard yuan (deyarli 6 milliard dollar).
Tekshiruv yakunlangach, regulyator aholiga kompensatsiya to‘lovlari boshlanganini e’lon qildi. Ammo rasmiylar davom etayotgan norozilik namoyishlari tufayli bunday qarorga kelishganini qat’iyan rad etishdi.
Taxminan o‘sha vaqtda namoyishlarni kuch bilan tarqatib yuborishga urinishlar haqida birinchi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. South China Morning Post 10 iyul kuni Xenan provinsiyasidagi norozilik namoyishlarining birida ishtirokchilarga oq kiyimli, jismonan baquvvat odamlar guruhi hujum qilganini yozdi. Politsiya ularning harakatlariga hech qanday tarzda aralashmagan.
Birinchi bosqichda omonatlari 50 ming yuandan (7,4 ming AQSH dollari) oshmagan shaxslarga kompensatsiya berildi. Qolganlar «sabr bilan kutish»ga chaqirildi. 21 iyul kuni rasmiylar tez orada to‘lovlarning ikkinchi bosqichi boshlanishini e’lon qildi. Unda hisob raqamida 100 ming yuangacha bo‘lganlar pullarini olishi mumkin.
Ko‘chalardagi tanklar surati 1989 yilda Pekinning Tyananmen maydonidagi norozilik namoyishlari qurol va og‘ir texnikalar yordamida zo‘ravonlik bilan bostirilganini eslatadi. Ammo o‘sha paytda norozilik siyosiy tusda edi - namoyishchilar fuqarolik erkinliklarini kengaytirishni talab qilishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...