AQSH Ukrainaga 1,1 milliard dollarlik harbiy yordam tayyorlamoqda

1 daqiqa o'qish1.1K
AQSH Ukrainaga 1,1 milliard dollarlik harbiy yordam tayyorlamoqda
Oq uy Ukrainaga 1,1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik manbalarining ta’kidlashicha, gap bir milliard dollar miqdoridagi harbiy yordamni yetkazib berish haqida ketmoqda. Bu yordam yaqin kunlarda tasdiqlanishi kutilyapti.

AQSHning bu galdagi harbiy yordam paketiga HIMARS raketa tizimi uchun o‘q-dorilari, artilleriya snaryadlari, uchuvchisiz uchoqlar, radar, minadan tozalash uskunalari, o‘qotar qurollar, tungi ko‘rish ko‘zoynaklari va qishki sovuq havo vositalari kiradi. Oq uy tomonidan buning uchun jami 600 million dollar ajratilgan.

AQSH ma’muriyati hozircha Ukrainaga yangi HIMARS tizimlarini jo‘natmasliklarini aytishgan. Sababi, Oq uy Ukrainadagi HIMARS soni yetarli deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, Sentyabr oyining boshida Nyu-York Tayms gazetasi Ukraina armiyasida jami 26 ta raketa tizimi, jumladan, 16 ta HIMARS va Buyuk Britaniya hamda Germaniya tomonidan taqdim etilgan AQSHda ishlab chiqarilgan 10 ta M270 rusumli raketalar mavjudligi haqida xabar bergan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?