“Muhabbat kuychisi” Anvar Sanayev bugun 58 yoshda

O‘zbek estradasida “Muhabbat kuychisi” nomi bilan tanilgan xonanda Anvar Sanayev bugun, 16 noyabr kuni 58 yoshni qarshi oldi.
San’atkor 1968 yil 16 noyabrda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tavallud topgan. U Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida tahsil olgan.
Anvar Sanayevning katta sahnaga kirib kelishi 1990 yillarning oxirlariga to‘g‘ri keladi. Xonanda 1998 yilda “7 dan 70 gacha” teleko‘rsatuvida “Aql-u hushim oldi muhabbat” qo‘shig‘ini ijro etib, keng auditoriyaga tanilgan. 2000 yil noyabr oyida esa Toshkentdagi “Turkiston” san’at saroyida “Meni tushun, azizam” nomli ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan.
Faoliyati davomida xonanda bir qator albomlar va ko‘plab qo‘shiqlarni muxlislariga taqdim etdi. “Muhabbat”, “Atirgul”, “Chin oshiqlar”, “Yor-yorlar”, “Yig‘lama, jonim” kabi taronalari tinglovchilar orasida mashhurlikka erishdi. Uning sevgi-muhabbat mavzusidagi qo‘shiqlari sabab muxlislari unga “Muhabbat kuychisi” nomini bergan.
Fursatdan foydalanib, Anvar Sanayevni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz. Xonandaga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va ijodiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar































Izohlar0
…