19:32 / 30.09.2022
1 148

Futbolchi Mehdi Taremi 22 yoshli qizning o‘limi va mamlakatda yuz berayotgan vaziyat haqida gapirdi

Futbolchi Mehdi Taremi 22 yoshli qizning o‘limi va mamlakatda yuz berayotgan vaziyat haqida gapirdi
Foto: Getty Images
«Portu» klubi va Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi 22 yoshli qiz Mahsa Aminiyning o‘limi va uning ortidan mamlakatda yuz berayotgan voqealar haqida gapirdi.

Aminiy Tehronda huquq-tartibot idorasi xodimi tomonidan «hijobni noto‘g‘ri o‘ragani» uchun hibsga olingan va bir muddat politsiya bo‘limida bo‘lganidan so‘ng vafot etgan. Ushbu hodisa mamlakatda norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

- "Siz meni oilangizning a’zosi sifatida ko‘rasiz va uning oddiy a’zosi haqida xohlagan narsangizni yozishga haqqingiz bor. Yurtdoshlari manfaati uchun mehnat qilgan kishi hech qachon ularning baxtsizligini ko‘tara olmaydi.

Bu insonlar so‘nggi kunlardagi voqealarga loyiq emas. Bu Eron emas. Ayrim videolarni, ayniqsa, ayollarga nisbatan yomon xulq-atvor va zo‘ravonliklarni ko‘rib uyaldim.

Muammo va tashvishlar haqida gapirish, ularni eshittirish uchun qaysi tilda gapirishimiz kerak? Siyosatchilar Eronning olijanob xalqi farovonligini ta’minlashga majbur. Zo‘ravonlik va odamlarga nisbatan kuch ishlatish hech qanday muammoni hal qilmaydi va hech qanday shaklda buni qabul qilib bo‘lmaydi
", - dedi Mehdi Taremi.

Mamlakatda 2009 yildan beri hukumatga qarshi eng yirik namoyishlar 16 sentyabr kuni boshlangan edi. 24 sentyabr kuni namoyishlar Eronning 80 ta shahriga tarqaldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Futbolchi Mehdi Taremi 22 yoshli qizning o‘limi va mamlakatda yuz berayotgan vaziyat haqida gapirdi