07:30 / 10.11.2022
3 526

Superkompyuter oxir zamon qachon bo‘lishini bashorat qildi

Superkompyuter oxir zamon qachon bo‘lishini bashorat qildi
Sivilizatsiya qonuniyatlarini bashorat qilishga mo‘ljallangan "World One" superkompyuteri insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish davrini belgilab berdi. Bu haqda Britaniyaning “The Daily Star” nashri ma’lum qildi.

1970-yillarda Rim klubi buyurtmasi bilan yaratilgan mashina 2050 yilda sivilizatsiya qulashini hisoblab chiqdi. Oxir zamonning sababi odamlarning faoliyati, xususan, atrof-muhitning ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari bo‘ladi.

Taxminan 2040 va 2050 yillar oralig‘ida bu sayyorada sivilizatsiyalashgan hayot yo‘qoladi”, - deyiladi prognozda.

Ta’kidlanishicha, hatto to‘liq “ekologik toza” avtomobillarga o‘tish va tug‘ilishni qat’iy nazorat qilish ham vaziyatni yaxshi tomonga tuzatmaydi.

“The Daily Star”, shuningdek, superkompyuterning 2020 yil uchun bashoratida sayyoraning holati “o‘ta og‘ir” bo‘lishi ta’kidlanganini eslatgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo