Nubia NaviX Ultra: ilgʻor AI va rekord darajadagi akkumulyator taqdim etildi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Nubia NaviX Ultra smartfoni sun'iy intellektni qo'llab-quvvatlaydigan Doubao mobil yordamchisi va soniyasiga 10667 Mbit tezlikdagi Changxin LPDDR5X xotirasi bilan jihozlangan ilk qurilma sifatida taqdim etildi.
- Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, 200 megapiksellik asosiy kamera va 7100 mA•ch sig'imli akkumulyator ushbu flagmanning asosiy texnik xususiyatlaridandir.
Nubia kompaniyasi oʻzining yangi flagman smartfoni — NaviX Ultra savdosi boshlanganini eʼlon qildi. Ushbu qurilma mobil bozorida sunʼiy intellekt imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilayotgan ilk yirik qurilmalardan biri boʻlib, oʻzining texnik koʻrsatkichlari bilan bir zumda eʼtiborni tortdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Sunʼiy intellekt va yangi avlod xotirasi
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, Nubia NaviX Ultra oʻz sinfida sunʼiy intellektni qoʻllab-quvvatlaydigan ilk smartfon sifatida eʼtirof etilmoqda. Qurilmaga yangi interfeysga ega Doubao mobil yordamchisi oʻrnatilgan boʻlib, u soʻrovlarni chuqur tushunish, murakkab vazifalarni bajarish, maʼlumotlarni eslab qolish hamda xavfsizlikni taʼminlash kabi toʻrtta asosiy yoʻnalishda ishlaydi.Alohida taʼkidlash joizki, smartfon Changxin LPDDR5X tezkor xotirasi bilan jihozlangan ilk ommaviy qurilma hisoblanadi. Ushbu xotiraning ishlash tezligi soniyasiga 10667 Mbit ni tashkil etadi. Changxin Memory vakillarining soʻzlariga koʻra, mazkur taqdimot Xitoyda ishlab chiqarilgan yuqori tezlikdagi mobil DRAM xotirasining tijorat bosqichiga qadam qoʻyganini anglatadi.
Yuqori unumdorlik va ilgʻor kamera
Qurilmaning asosiy qismini Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori tashkil etadi. Uning mukammal ishlashini taʼminlash uchun uch oʻlchamli ventilyatsiyaga ega va issiqlik tarqatish maydoni 7100 kvadrat millimetrni tashkil qiluvchi Galaxy Cooling System sovutish tizimi oʻrnatilgan. Shuningdek, foydalanuvchilarga kamida 512 GB hajmqdagi ichki xotira taqdim etiladi.Smartfonning optik imkoniyatlari ham tahsinga sazovor. U asosiy 200 megapiksellik datchikka ega flagman uchlamchi kamera moduli bilan jihozlangan. Old panelda esa 1,5K piksellar soniga va 144 Hz yangilanish chastotasiga ega 6,78 dyuymli tekis ekran joy olgan.
Noyob dizayn va avtonomlik
Ajoyib texnik xususiyatlarga qaramay, korpusining qalinligi atigi 7,62 millimetrni tashkil qiladi. Unga qaramasdan, qurilma ichiga beshinchi avlod Nanhai akkumulyatori joylashtirilgan boʻlib, uning sigʻimi naq 7100 mA•ch ga teng. Bu esa foydalanuvchilarga quvvat haqida qaygʻurmasdan uzoq vaqt davomida faol foydalanish imkonini beradi.Qurilmaning oʻziga xos jihatlaridan biri bu sunʼiy intellektni qoʻllab-quvvatlaydigan alohida tugma hisoblanadi. Mazkur tugma yordamch bilan tezkor muloqot qilish hamda barmoq izini aniqlash vazifalarini birlashtiradi. Natijada foydalanuvchi bir vaqtning oʻzida ham buyruqlarni bajarishi, ham autentifikatsiyadan oʻtishi mumkin boʻladi. Loyihani amalga oshirishda BOE, Samsung Semiconductor va Goodix Technology kabi yetakchi kompaniyalar ham hamkor sifatida qatnashgan.






























Izohlar 0
…