date
views 1 528

Yaponiya sobiq bosh vaziri Zelenskiyni ukrainaliklarni qiyinchilikka duchor qilishda aybladi

Yaponiya sobiq bosh vaziri Zelenskiyni ukrainaliklarni qiyinchilikka duchor qilishda aybladi
Foto: Kyodo
Yaponiya sobiq bosh vaziri Yosiro Morining aytishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ko‘plab ukrainaliklarni qiyinchilikka duchor qildi. U jahon hamjamiyati nima uchun faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tanqid qilishini tushunmasligini aytdi. Morining so‘zlariga ko‘ra, vaziyatni faqat Sindzo Abe (yozda hayotiga suiqasd qilib o‘ldirilgan yaponiyalik sobiq bosh vazir) tartibga solishi mumkin edi, deb yozmoqda Japan Times gazetasi.

«Men nega faqat prezident Putin tanqid qilinayotganini, janob Zelenskiy javobgarlikka tortilmayotganini tushunmayapman. Zelenskiy ko‘plab ukrainaliklarni qiyinchilikka duchor qildi», — dedi Mori Tokiodagi siyosiy mitingda.

Sobiq bosh vazir Ukrainadagi voqealarni biryoqlama yoritayotgani uchun Yaponiya axborot agentliklarini ham tanqid qildi. Uning fikricha, bu OAVlar faqat Yevropa yoki AQSHdan kelgan xabarlarga asoslangandek taassurot qoldiradi. Bundan tashqari, Morining fikricha, hozirgi bosh vazir Fumio Kisida «bir tomonlama AQSHga yon bosadi».

Yosiro Morining aytishicha, 2000 yillar boshida u Putinni NATOga a’zo bo‘lishga chaqirgan va davlat rahbari go‘yoki bunday variantni istisno qilmagan, ammo Qo‘shma Shtatlar bunga yo‘l qo‘yishiga ishonmagan.

Yosiro Mori Yaponiya hukumatini bir yildan sal ko‘proq vaqt — 2000 yil 5 apreldan 2001 yil 26 apreligacha boshqargan. 2014 yilda u Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari etib tayinlangan, 2021 yilda esa seksist deb topilgan bayonotlari tufayli iste’foga chiqqan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya sobiq bosh vaziri Zelenskiyni ukrainaliklarni qiyinchilikka duchor qilishda aybladi