Istanbulda ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Istanbulning Umraniya tumanida ikki nafar o‘zbekistonlik ayol — 36 yoshli Durdona Hakimova va 32 yoshli Sayyora Ergashaliyevaning o‘limida ayblangan Dilshod Turdimurodov hamda G‘ofurjon Kamolxo‘jayevga 11 sentyabr kuni sud hukmi o‘qildi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Istanbul og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sudi ularni og‘irlashtiruvchi holatlarda qotillik sodir etganlikda aybdor deb topib, har biriga ikki martalab umrbod qamoq jazosi tayinladi. Bundan tashqari, ayollarning uyida o‘g‘rilik qilgani uchun sudlanuvchilarning har biriga yana ikki marta 7 yildan, jami 14 yil qamoq jazosi berildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatlar 2026 yil yanvar oyida Istanbulda sodir etilgan. 24 yanvar kuni shahardagi chiqindi konteynerlaridan biridan ayolning bo‘laklangan jasadi topilgan. Keyinchalik tergov jarayonida boshqa o‘zbekistonlik ayol ham ayni xonadonda o‘ldirilgani aniqlangan.
Sud jarayonida ayblanuvchilar voqealarga oid turli ko‘rsatmalar bergan. Ulardan biri qotilliklardan birini yolg‘iz sodir etganini bildirgan bo‘lsa, ikkinchisi qilgan ishidan pushaymonligini aytgan.






























Izohlar 0
…