Jasur Umirovning farzandi bilan katerda yuqori tezlikda harakatlangani aks etgan video keskin bahslarga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jasur Umirovning yosh farzandi bilan katerda yuqori tezlikda harakatlangani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videoda
bolaning qutqaruv nimchasisiz ekani ham e’tibor tortgan.
Katerdagi holatni ko‘rgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bolaning xavfsizligi yuzasidan turli fikrlarni bildirdi. Ayniqsa, suv transportida harakatlanish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan-qilinmagani muhokama markaziga chiqdi.
Videodagi holat tegishli mutaxassislar e’tiboridan ham chetda qolmadi.
Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari hamda IIV Turizm politsiyasi xodimlari xonanda bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi.
Mutaxassislar suv transportidan foydalanishda, ayniqsa, voyaga yetmagan bolalar bilan harakatlanayotganda xavfsizlik choralariga jiddiy e’tibor qaratish muhimligini ta’kidlagan.































Izohlar 0
…