
Foto: «Vedomosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning an’anaviy katta matbuot anjumani bu yil o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu haqda bayonot berdi.
Eslatib o‘tamiz, 2012 yildan boshlab har yilning dekabr oyida Putin soatlab davom etuvchi katta matbuot anjumani o‘tkazib, xorijlik va rossiyalik jurnalistlarning savollariga javob berardi.
Peskov qo‘shimcha qilishicha, Putin bu gal faqat Kreml puli jurnalistlari bilan muloqot qiladi. «Prezidentning Federal Majlisga murojaati nima bo‘ldi?», degan savolni Peskov javobsiz qoldirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar